"International Inclusive Hub"
20.01.2026 09:10:29 9
"International Inclusive Hub" xalqaro tayanch inklyuziv professional ta'lim markazida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov, Oʻquv ishlar boʻyicha prorektor A.Abdunazarov hamda Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Vaxobovalar faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida inklyuziv ta'lim, alohida ta'lim ehtiyojli talabalar uchun 23 xil o'quv kurslari ochilishi,jumladan, zamonaviy musiqa, imo-ishora tili, ingliz tili, mediafoto, kulolchilik, kashtachilik, mobilografiya, tasviriy san'at, kompyuter tizimlari va komplekslari, grafik dizayin va boshqa o'quv kurslar faoliyati bilan ham yaqinda tanishib chiqildi.