NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI — JAHON CHEMPIONI !
05.03.2026 10:12:22 288
Misrning qadimiy Qohira shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Para pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi JSM-CU-25 guruh talabasi — Nematillayeva Gulyuz faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Gulyuz 73 kg vazn toifasida 110 kg toshni ko‘tarib, yoshlar o‘rtasidagi 105 kg rekordni yangilab, uni 110 kg gacha o‘zgartirdi!
Bu yutuq — iroda, mehnat va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchning haqiqiy timsoli!
Institut jamoasi, ustozlar va hamyurtlarimiz Gulyuzning g‘alabasidan faxrlanadi!
Chempionimiz Nematillayeva Gulyuzni samimiy tabriklaymiz!
Yangi marralar, yangi rekordlar sari — olg‘a, NamDPI yoshlari!