Shaxsiy o'yin(svoyak) turniri
05.05.2025 08:56:15 13
Institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda "Zakovat klubi" bilan hamkorlikda 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Shaxsiy o'yin(svoyak) turniri tashkil etiladi.

O'yinlar yakkalik bahslaridan iborat bo'lib, mantiqiy, ilmiy hamda qiziqarli savollar doirasida bo'lib o'tadi. Dastlab turnirda guruh, so'ng yarim final va final bosqichlarida talabalar o'zaro bellashadilar.
Turnirga ta'lim yo'nalishidan qat'iy nazar dastlab ro'yxatdan o'tgan 36 nafar talaba qabul qilinadi. Ro'yxatdan o'tishda ism-familiya va jamoa nomi talab etiladi. Ro'yxatdan o'tish manzili: @MAHKAM0V5
Manzil: Axborot-resurs markazi
Oʻtkazilish vaqti: 8-may soat 12:30 da
Yakunda yuqori ballarni qo'lga kiritgan 3 nafar bilimdon klubning diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.