Talabalar bilan uchrashuv: turar joydagi samimiy muloqot
08.11.2025 00:16:53 9
Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori T. Ismanov tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning holidan xabar olindi.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, o‘qish jarayoni, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish masalalari o‘rganildi. Shuningdek, ularning taklif va muammolari tinglanib, zarur tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar talabalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish, ularning darsdan tashqari faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda institutda yaratilgan sharoitlardan to‘liq foydalanishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.