YANGI MARKAZ — YANGI IMKONIYATLAR
15.10.2025 11:16:03 8
Norin tumani 41-umumta’lim maktabida Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-metodik markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur markaz tuman ta’lim tizimini rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish va sifatli ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida AQShdan kelib, NamDPIda stajirovka o‘tayotgan Kevin Berghuis, shuningdek, institutning bir qator professor-o‘qituvchilari tarix va boshlang‘ich ta’lim fanlaridan master-klasslar va ochiq darslar o‘tishdi.
Mashg‘ulotlar ishtirokchilar uchun mazmunli, amaliy va savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.
Endilikda o‘quv-metodik markaz Norin tumanidagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tajriba almashish va malaka oshirishning yangi maskani bo‘lib xizmat qiladi.