English English English

Ta’limiy islohotlar yo‘lida hamkorlik amaliyoti

  19.09.2025 08:19:46    8


Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ta’lim tizimidagi islohotlarni keng targ‘ib qilish va maktab–oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish maqsadida umumta’lim maktablarida o’quvchilarning ta’lim olish sharoitlari bilan tanishishmoqda.


Ta’limiy islohotlar yo‘lida hamkorlik amaliyoti


Kafedra dotsenti A. Qambarov Mingbuloq tumanidagi 38-umumta’lim maktabida bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda belgilangan islohotlar, jumladan 9–11-sinflar uchun yagona davlat imtihoni haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o’tdi.

Shuningdek kafedra o‘qituvchisi M. Umarov Namangan shahridagi 75-umumta’lim maktabida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, dual ta’lim, TOP-100 va TOP-500 oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik hamda xalqaro va milliy sertifikatlarga oid imkoniyatlarni tushuntirib berdi.


Ta’limiy islohotlar yo‘lida hamkorlik amaliyoti Ta’limiy islohotlar yo‘lida hamkorlik amaliyoti Ta’limiy islohotlar yo‘lida hamkorlik amaliyoti