English English English

NamDPIda PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi

  04.10.2025 11:15:29    18


Namangan davlat pedagogika institutida O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Asqarova tomonidan PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.


NamDPIda PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi


Mazkur mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi ikki yo‘nalishda belgilangan:
✅O‘qituvchilar foydalanadigan o‘quv materiallarini xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga moslashtirish;
✅Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash maqsadida bo‘lajak o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan metodikalarda ustuvor tamoyillarni yangilash.

Mashg‘ulotlar davomida turli hayotiy vaziyatlarda egallangan bilimlarni qo‘llash, zamonaviy o‘qitish uslublari va yondashuvlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa yoshlarning ijodiy hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash layoqatini shakllantirishga xizmat qiladi.


NamDPIda PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi NamDPIda PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi NamDPIda PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi