Xalqaro ta’lim dasturlarida faoliyat yuritish imkoniyati!
17.05.2026 10:54:49 33
Xalqaro ta’lim dasturlarida faoliyat yuritish imkoniyati!
Namangan davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari doirasida tashkil etilgan Aniq fanlar oliy maktabi 2026–2027- o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni akademik faoliyatga jalb etish maqsadida ochiq tanlov e’lon qiladi.
Mazkur tanlov xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars berish, ilmiy-pedagogik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish hamda zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etishga qaratilgan.
😀 Tanlovda qatnashish uchun havola: (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeXG-XNumlolFh9lWg14LiHJs1QrvyRtEZyBIi6_DCFFGKe7g/viewform?usp=header)
✅ BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHLAR:
• 60540100-Matematika;
• 60610500-Sun’iy intellekt;
• 60540200-Amaliy matematika.
✅MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLAR:
• 70610105-Ta'limda axborot texnologiyalari;
• 70540104-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).
➡️NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
• professor-o‘qituvchi lavozimlari uchun - PhD/DSc darajasi;
• rahbarlik lavozimlari uchun - magistr akademik darajasi, PhD/DSc darajasi;
• o‘quv-yordamchi xodimlar uchun - kamida 5 yillik oliy pedagogik ta’lim tajribasi;
•xorijiy til bilish sertifikati (ingliz tili) kamida B2 daraja;
🔖USTUVORLIK JIHATLARI:
• Scopus yoki Web of Science bazalarida maqolalar chop etganligi;
• Ilmiy grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etganligi;
• Top-300 OTM diplomi;
• xorijda stajirovka yoki malaka oshirganlik;
📌 ARIZALARNI KO‘RIB CHIQISH (3 bosqichda):
1-bosqich - Dastlabki saralash (taqdim etilgan hujjatlar monitoringi).
2-bosqich. Mutaxassislik fani bo‘yicha suhbat ("demo" dars).
3-bosqich. Yakuniy muloqot.
📣Arizalar qabul qilish muddati 06.04.2026-yildan 30.06.2026-yilgacha.
Barcha qiziquvchi va yuqori malakali mutaxassislarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz!