Talabalarni hayratga solgan "Siyosiy qatagʻonlar" muzeyi
14.05.2025 09:42:15 7
Namangan davlat pedagogika institutining navbatdagi tashrifi Dolinka aholi punktida joylashgan "Siyosiy qatag‘onlar" muzeyi boʻldi.

Mazkur muzey 1931-1960 yillarda minglab ziyolilarni qatag‘on qilinishi natijasida mavjud bo‘lgan hamda sovet davlatining qatag‘on siyosati haqidagi tarixiy eksponatlar joylashtirilgan.
Muzeydagi mazkur eksponatlarni tomosha qilib xuddi oʻsha davrga tushib qolgandek boʻladi kishi. Muzeyning har bir yodgorligida, eksponatida tarix — o'z aytar soʻzi bor.