English English English

Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda

  29.11.2025 11:56:08    8


Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda Namangan shahar 5-maktabning xalq ta’limi a’lochisi Marg‘uba Mirjalolova hamda Namangan tuman 8-maktabning xalq ta’limi a’lochisi Munisxon Abdullayeva ishtirok etib, o‘zlarining boy pedagogik tajribalari bilan talabalar va amaliyotchi o‘qituvchilarga o‘rnak bo‘larli ko‘nikomalarni taqdim etdilar.


Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda


Mahorat darsining asosiy maqsadi o‘qituvchilarning ilg‘or metodik ishlanmalarini amalda namoyish etish, tajriba almashish va zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida interfaol usullar, o‘quvchini faol subyekt sifatida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifatini baholashning zamonaviy mezonlari yuzasidan ilmiy-metodik tahlillar o‘rin oldi.

Mashg'ulot yakunlarida ishtirokchilar o‘quv materiali bilan samarali ishlash, dars loyihalash, muloqot madaniyati va psixologik yondashuvlar bo‘yicha o‘z amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.


Ilg‘or o‘qituvchilar ishtirokida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mahorat darsi o'tkazildi.


Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda Institut va maktab hamkorligi yangi bosqichda