Namangan davlat pedagogika institutida akademik litsey o‘qituvchiligi uchun nomzodlar o‘rtasida saralash test imtihoni bo‘lib o‘tdi
30.08.2025 14:39:25 25
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika institutida “Akademik litsey pedagog xodimlarini ishga qabul qilish tartibini takomillashtirish” bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Ushbu qaror asosida 2025-2026-o‘quv yili uchun institut qoshidagi akademik litseyga o‘qituvchilikka nomzodlar o‘rtasida saralash test imtihoni tashkil etildi.
Test jarayonida nomzodlarning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha bilim darajalari tekshirildi. Ushbu tizim pedagogik kadrlar tanlovining shaffofligini ta’minlash, sifatli ta’lim berish uchun malakali mutaxassislarni saralab olishga xizmat qiladi.