English English English

“Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan

  20.10.2025 21:14:54    14


Namangan davlat pedagogika institutida talabalar uchun “Kelajak soati” rukni doirasida navbatdagi “Ma’rifat darslari” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.


“Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan


Ushbu dars "21-oktyabr - O'zbek tili bayrami kuni" mavzusida tashkil etildi. Mashg‘ulotni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Isoqboyev olib bordi.

Dars davomida talabalarga o‘zbek tilining millat hayotidagi o‘rni, uning davlat ramzi sifatidagi ahamiyati hamda tilga bo‘lgan e’tiborning har bir yosh uchun ma’naviy burch ekanligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ona tilimizning buyuk namoyandalari ijodi, til siyosatidagi tarixiy islohotlar hamda bugungi kunda davlat tilining nufuzi va nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

A.Isoqboyev o‘z nutqida yoshlarni o‘zbek tilining sofligini asrashga, nutq madaniyatiga e’tiborli bo‘lishga, tilimizning go‘zalligi va jozibasini saqlab qolish uchun faol harakat qilishga chaqirdi.

Ma'rifat darsi davomida talabalar ham o‘z fikrlarini bildirib, o‘zbek tilining xalqni birlashtiruvchi, ma’naviy ildizlarimizni mustahkamlovchi qudratli kuch ekanligini ta’kidladilar.


“Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan “Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan “Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan “Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan “Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan “Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan “Ma’rifat darslari” – Ona tilimizga ehtirom ruhi bilan