“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi!
10.03.2026 13:52:37 8
“Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Yangilangan akadem.ilmiy.uz paltformasida loyiha topshirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.
Endilikda talabgorlar uchun hujjat topshirish jarayoni yanada qulay va osonlashdi.
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar belgilangan:
🔵loyiha ijrochisining yoshi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar, 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
🔵har bir ishtirokchi faqat 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
🔵taqdim etiladigan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
🔵dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.
Loyiha talabnomalari 2026-yil 30-mart kuni soat 23:55 ga qadar akadem.ilmiy.uz (https://akadem.ilmiy.uz/) elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha talabgorlarni faol qatnashishga chorlaymiz.