Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi talabalari malakaviy amaliyotga jalb etildi
20.05.2026 10:42:33 14
Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi talabalari malakaviy amaliyotga jalb etildi
Joriy yilning 6-aprel kuni Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari S. Jo‘rayev va G. Rustamovalar boshchiligida Psixologiya yo‘nalishining PSX-AU-25, PSX-BU-25 guruh talabalari hamda Maxsus pedagogika (logopediya) yo‘nalishining MPL-AU-25 guruhi talabalari Namangan shahridagi 18-, 47-, 41-, 51-sonli umumta’lim maktablari va “Mehrli maktab”ga malakaviy amaliyot o‘tash uchun olib borildi.
Talabalar amaliyot davomida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan mustahkamlash, bolalar bilan ishlash jarayonini yaqindan o‘rganish hamda kasbiy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Amaliyotning dastlabki kunida ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, muassasa faoliyati, ichki tartib-qoidalar hamda texnika xavfsizligi qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar amaliyot jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar bilan ham tanishtirildi.
Mazkur amaliyot talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, amaliy tajribasini boyitish hamda kelgusidagi faoliyatiga puxta zamin yaratishda muhim аҳamiyat kasb etadi.