English English English

KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI

  28.02.2026 14:23:08    13


Namangan davlat pedagogika institutiga Korea International Cooperation Agency (KOICA) delegatsiya a’zolari tashrif buyurdilar.


KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI


Mehmonlar institut rahbariyati tomonidan samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Tashrif davomida mehmonlarga institut faoliyati, zamonaviy ta’lim muhiti hamda talabalarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

KOICA delegatsiyasining Namangan davlat pedagogika institutiga tashrifi doirasida rasmiy muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida institut rahbariyati tomonidan ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda innovatsion yondashuvlar asosida pedagog kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, grant va qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, bugungi kunda dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lgan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’lim va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish istiqbollari yuzasidan alohida fikr almashildi. Ushbu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida kelgusidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va kelishuvlarga erishildi.


KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI KOICA DELEGATSIYASI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KUTIB OLINDI