English English English

Devonxona va arxiv bo‘limi

  06.02.2025 12:57:38    171


Turdaliyev Xusan Inomjonovich
Telefon: +998 94 175-32-00
Elektron pochta: xturdaliyev@gmail.com


Devonxona va arxiv bo‘limi


 Turdaliyev Xusan Inomjonovich. 1986 yil 31 dekabrda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug’ilgan. 2007-2014 yillarda Namangan muxandislik texnologiya instituti AKT yetakchi mutaxassisi lavozimida, 2014-2018 yillarda Namangan muxandislik texnologiya instituti talabasi, 2018-2020 yillarda Namangan muxandislik texnologiya instituti AKT Muxandisi, 2020-2022 yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti, 2022-2025 yillarda Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2025-yil 23-sentabr kunidan Namangan davlat pedagogika institutida Devonxona va arxiv bo‘limida Devonxona mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Mukoffatlar olmagan.

Devonxona va arxiv bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifasi:

Asosiy qoidalariga muvofiq institutda ish yuritishga oid xizmatlar ko‘rsatilishi aniq-puxta tashkil qilinishini ta’minlashni nazorat qiladi. Institut rahbariyatiga ma’lum qilish uchun taqdim etiladigan keluvchi, jo‘natiluvchi, va ichki hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, farmoyish beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va joy-joyiga yuborish, keluvchi, jo‘natiluvchi, olinuvchi va ichki hujjatlarni qabul qilib olish, qayd etish, saqlashning, hisobini olib boradi va bo‘linmalarga yetkazib tarqatadi. Shuningdek, yig‘ma jildlarni davlat tomonidan saqlanishi uchun topshirishga tayyorlash, institut bo‘linmalarida ish yurtishga oid yo‘riqnomalar, yig‘ma jildlar ro‘yxatini tuzish, devonxona xodimlariga rahbarlik qilish, institut nomiga keluvchi xat va hujjatlarning hammasini ko‘rib chiqish, rektorning imzolashi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning sifatli tayyorlanganligi va rasmiylashtrilganligini tekshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish, ularni joriy etishni tashkil qilish, ish yurituvchi xizmat xodimlarning zarur yo‘riqnoma va ma’lumotlar materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, rektorning ko‘rsatmalarini bajarilishini tekshirishi hamda yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari qanday ijro etilayotganini nazorat qilish, fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va arizalari bo‘yicha maxsus yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritish va unumlashtirilgan ish jurnalida aks ettirish, xodimlarning xizmat safarlariga jo‘nab ketishlari va qaytib kelishlarini belgilangan shakldagi maxsus jurnalda qayd etib boradi. Institut xos qog‘ozi (firmennaya blanka)dan foydalanilishini nazorat qiladi.