English English English

OʻQUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI.

  01.02.2026 10:10:38    6


Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani 5-maktabga amalga oshirilgan tashrif doirasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur ta’lim muassasasi oliygohning ilmiy-amaliy metodik markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Seminar institutning “Art pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Tadjibayev va J.G‘aziyev tomonidan o‘tkazildi.


OʻQUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI.


O‘quv-amaliy seminarning asosiy maqsadi umumta’lim maktablarida san’at yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion metodlarni samarali joriy etishdan iborat bo‘ldi. Seminar-trening jarayonida To‘raqo‘rg‘on tumani 5-maktabida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar faol ishtirok etib, san’at ta’limini rivojlantirish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, dars jarayonida art pedagogika elementlaridan foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Tadbir davomida “Art pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan san’at ta’limida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati, interfaol metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, amaliy mashg‘ulotlar hamda mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, pedagoglarga ta’lim jarayonida samarali natijalarga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘quv-amaliy seminar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda umumta’lim maktablarida san’at ta’limini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.


OʻQUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI. OʻQUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI. OʻQUV-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI.