English English English

TA’LIMGA E’TIBOR – TARAQQIYOT KAFOLATI

  19.09.2025 10:38:44    31



TA’LIMGA E’TIBOR – TARAQQIYOT KAFOLATI


Bugun barchamiz millatning ilm yo‘lidagi orzu-umidlari davlat va hukumat rahbarlari go‘yalari bilan uyg‘unlashgan zamonda yashayapmiz. Buni birgina maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirirsh borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar misolida sohada tub burilishlar bo‘layotganini kuzatishimiz mumkin. Prezidentimiz tomonidan mazkur sohani rivojlantirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotganligi so‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tayotgan videoselekr va uchrasuvlarning diqqat markazi ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarda o‘z ifodasini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida bildirilgan fikrlar va ilgari surgan tashabbuslari ushbu sohaning vakili sifatida biz pedagoglarni yanada quvontirdi.
Bu takliflar mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishni, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirishni, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsadni mujassam etadi desak xato bo‘lmaydi.
Jumladan, endilikda davlat va xususiy bog‘cha tarbiyachilarining ishdan ajralmagan holda oliygohlarda o‘qishi yo‘lga qo‘yilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy ma’lumotga ega bo‘ladi, shuningdek, xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil qilinib, bolalarga jahon standarti darajasida ta’lim va tarbiya beriladi. Mazkur bog‘chalarining tashkil qilinishi pedagogik oliy ta’lim muassasalari zimmasiga malakali kadrlar tayyorlash borasida jiddiy vazifalarni yuklaydi.
Shuningdek, prezidentimiz tomonidan davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglarning farzandlari uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, o‘qituvchilarning yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari xaridiga mo‘ljallangan imtiyozlar, shuningdek, pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi yuzasidan beriladigan imtiyozlar o‘qituvch va murabbiylarning jamiyatdagi nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan biz pedagoglarga berilayotgan yuksak e’tibor va ko‘rsatilayotgan ehtirom Yangi O‘zbekistonning ta’lim poydevorini yaratishda pedagoglarning o‘rni va roli naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib berdi. Biz, oliy ta’limda faoliyat olib boruvchi pedagoglar, yaratilayotgan shunday imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanishimiz va har jihatdan yetuk, Vatanga munosib avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shishimiz zarur.

Shaxnozaxon Xo‘jamberdiyeva
Maktabgacha ta’lim kafedrasi professori