Namangan davlat pedagogika instituti tyutorlik lavozimi uchun tanlov e’lon qiladi
16.09.2025 11:24:34 73
Tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (bakalavr, magistr yoki 5 yillik oliy ma’lumot);
- 25 yoshdan kichik va 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi;
- pedagogik va psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;
- namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar shaxsan taqdim etiladi:
1. Tanlov ishtirok etish bo‘yicha rektor nomiga ariza;
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) asli va nusxasi;
3. Ob’yektiv-ma’lumotnoma (eng oxirgi ma’lumotlar bilan);
4. Mehnat daftarchasining nusxasi;
5. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi.
6. Pedagogik faoliyati davrida erishgan natijalari (sertifikat, tashakkurnoma, faxriy yorliq, diplom).
hujjatlar nusxalari sifatli va imlo xatolardan xoli bo’lishi shart.
Hujjatlarni taqdim etish va ko’rib chiqish tartibi:
1. Nomzodlar hujjatlarini Namangan davlat pedagogika instituti Hodimlar bo’limiga shaxsan taqdim etadi.
2. Hujjatlar 2025-yil 16-sentabrdan 20-sentabrga qadar har kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar qabul qilinadi (20-sentabr kuni 9-00ga qadar).
3. Hujjat taqdim etgan nomzodlar bilan institutda ishga qabul qilish bo’yicha Komissiya suhbatlashadi. Suhbat natijasiga ko’ra, nomzodlar tyutorlik lavozimiga tavsiya etiladi.
4. Nomzodlar bilan suhbat 2025-yil 20 noyabr kuni soat 9:00 da “Kelajak o‘qituvchisi” markazida o‘tkaziladi.
ESLATMA:
- Hujjat taqdim etgan barcha nomzodlar shaxsan suhbatga kelishlari lozim.
- Hodimlar bo‘limiga belgilangan muddatda hujjat taqdim etmaganlar suhbatda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Institut ma’muriyati
Namangan davlat pedagogika institutiga vakant o‘rinlarga ishga kiruvchilar uchun savollar to‘plami
1. O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi haqida gapirib berin?
2. “Ijtimoiy davlat” tushunchasiga ta’rif bering?
3. “Huquqiy davlat” deganda nimani tushunasiz, uning belgilarini sanab bering.
4. “Davlat suvereniteti” deganda nimani tushunasiz?
5. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat prinsiplarini tushuntirib bering?
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra “millatlararo va konfessiyalararo totuvlik” deganda nimani tushunasiz?
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasi haqida nimalarni bilasiz?
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish tartibini tushuntiring?
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday huquqiy hujjatlar qabul qiladi va ularga ta’rif bering?
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini sanab bering?
11. “Siyosiy plyuralizm” deganda nimani tushunasiz?
12. Davlat suverenitetining asosiy prinsiplarini aytib bering?
13. O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida qanday elementlarga ega?
14. “Xalq hokimiyatchiligi” atamasiga ta’rif bering va sharhlab bering?
15. “Demokratiya” deganda nimani tushunasiz?
16. Demokratiyaning qanday shakllari mavjud va ularni sharhlab bering?
17. “Referendum” deganda nimani tushunasiz?
18. O‘zbekiston Respublikasida qanday masalalar referendumga qo‘yiladi?
19. “Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi” deganda nimani tushunasiz?
20. Boshqaruvning “respublika” shakli haqida nimalarni bilasiz?
21. Qanday jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi?
22. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra shaxsiy huquq va erkinliklarni sanab bering?
23. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra siyosiy huquqlarni sanab bering?
24. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni aytib bering?
25. Huquq va erkinlikning qanday farqli jihatlari mavjud?
26. “Gender tengligi” tushunchasini ta’riflab bering hamda bu borada yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
27. “Daxlsizlik huquqi” deganda nimani tushunasiz?
28. “So‘z erkinligi” tushunchasiga ta’rif bering?
29. “Dunyoviy davlat” deganda qanday davlat tushuniladi?
30. “Mehnat qilish huquqi” deganda qanday huquqni tushunasiz?
31. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy burchlarini sanab bering?
32. “Siyosiy partiya” deganda nimani tushunasiz va mamlakatimizda nechta siyosiy partiya mavjud?
33. Siyosiy partiyaga a’zo bo‘la olmaydigan shaxslarni aytib bering?
34. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlarini sanab bering?
35. Qonunchilik tashabbusi huquqi deganda nimani tushunasiz?
36. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga kimlar ega?
37. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini aytib bering?
38. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday vazifani amalga oshiradi?
39. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining bosh vazifalarini aytib bering?
40. “Saylov tizimi” deganda nimani tushunasiz va qanday saylov tizimlarini bilasiz?
41. O‘zbekiston Respublikasida kim Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi va unga qanday vakolatlar berilgan?
42. Mustaqil davlat qanday huquqlarga ega bo‘ladi?
43. Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasi va maqsadi nimalardan iborat?
44. Mustaqillik O‘zbekiston Respublikasiga qanday huquqlarni qaytarib berdi?
45. Prezidentlik instituti haqida nimalarni bilasiz?
46. O‘zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyati tizimini aytib bering?
47. Vijdon erkinligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday fikrlar bayon etilgan?
48. “Korrupsiya” so‘ziga ta’rif bering va korrupsiya to‘g‘risida o‘z fikrlaringizni bayon eting?
49. “Huquqiy ong” tushunchasiga ta’rif bering?
50. “Huquqiy madaniyat” tushunchasiga ta’rif bering?
51. “Axloq” deganda nimani tushunasiz, uning mohiyatini aytib bering?
52. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi haqida gapirib bering.
53. Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi deganda nimani tushunasiz?
54. “Mehnat shartnomasi” tushunchasiga ta’rif bering?
55. Mehnat huquqi va mehnatga oid munosabatlar tushunchasiga ta’rif bering?
56. “Millat” deganda nimani tushunasiz?
57. “Ma’naviyat” deganda nimani tushunasiz?
58. “Tarbiya” tushunchasiga ta’rif bering va bola tarbiyasida ko‘proq nimalarga e’tibor berish lozim?
59. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i haqida nimalarni bilasiz?
60. “Vatan” tushunchasiga ta’rif bering?
61. O‘zbek xalqi deganda kimlar tushuniladi va ular haqida nimalarni bilasiz?
62. Sulton Jaloliddin Manguberdi haqida nimalarni bilasiz?
63. “9-may – Xotira va qadrlash kuni” qaysi yildan buyon yurtimizda nishonlanib kelinmoqda va bu bayram nima maqsadda tashkil etilgan?
64. “Tinchlikning qadri” deganda nimani tushunasiz?
65. “Vatan tuyg‘usi” deganda nimani tushunasiz?
66. Qaysi yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag‘onlar amalga oshirilgan va buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘lgan?
67. Buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur haqida nimalarni bilasiz?
68. “O‘zbekiston - yagona Vatan” g‘oyasiga izoh bering?
69. “Xalq” tushunchasiga ta’rif bering?
70. Qadimda mamlakatimiz hududida qanday davlatlar rivoj topgan?
71. “Jadidchilik harakati” va ularning asosiy maqsadi haqida nimalarni bilasiz?
72. “Rasmiy timsollar” deganda nimani tushunasiz va Vatanimizning rasmiy timsollarini sanab bering?
73. “O‘zbek milliy davlatchiligi” deganda nimani tushunasiz?
74. “Milliy qadriyat” deganda nimani tushunasiz?
75. “Vatanparvarlik” deganda nimani tushunasiz?
76. “Taraqqiyot strategiyasi” deganda nimani tushunasiz?
77. So‘z mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy xotirasiga bag‘ishlanib dunyoning qaysi shaharlarida bu insonning haykallari o‘rnatilgan?
78. Milliy qadriyatimiz bo‘lgan - tilimiz haqida nimalarni bilasiz?
79. “Umumbashariy qadriyatlar” deganda nimani tushunasiz?
80. Ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi jasorati haqida nimalarni bilasiz?
81. Bugungi kunda yoshlarni o‘z ta’siriga olib, shu tariqa mamlakat kelajagiga putur yetkazmoqchi bo‘lgan kuchlarni sanab bering va ularga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li deb nimani hisoblaysiz?
82. “Gʻoya” deganda nimani tushunasiz?
83. “Alpomish” xalq dostoni va uning tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida gapirib bering?
84. “Ma’naviyat” deganda nimani tushunasiz?
85. “Insonning ichki dunyosi” deganda nimani tushunasiz va ichki dunyoning sifatlari nimalarga bog‘liq deb o‘ylaysiz?
86. Qanday illatlar insondagi “vijdon” tuyg‘usini so‘ndirib, bora-bora uni vijdonsiz insonga aylantirib qo‘yishi mumkinligi to‘g‘risida fikr bildiring?
87. So‘z mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning besh dostondan iborat bo‘lgan asari va uning ahamiyati haqida gapirib bering?
88. “Mustabid mafkura” deganda nimani tushunasiz?
89. “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” degan qoida qaysi kitobda o‘z aksini topgan va buning ma’nosini tushuntirib bering?
90. “Dil ba yor-u dast ba kor” , ya’ni “Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan hikmat muallifi kim va bu hikmat qanday fikrni ifoda etadi?
91. “Ma’naviy tahdid” deganda nimani tushunasiz?
92. “Diniy aqidaparastlik” deganda nimani tushunasiz?
93. “Ekstremizm” deganda nimani tushunasiz?
94. “Terrorizm” deganda nimani tushunasiz?
95. “Qutadg‘u bilig” asarining muallifi kim va u haqida gapirib bering?
96. “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” deganda nimani tushunasiz?
97. Bugungi kunda mafkuraviy-g‘oyaviy hujumlar qanday vositalar orqali tarqatilmoqda?
98. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xurujlar” deganda nimani tushunasiz?
99. “Mafkuraviy poligon” deganda nimani tushunasiz?
100. Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasida qanday kuchlarning o‘zaro kurashi avj olayotganini ko‘rish mumkin?
101. “Mafkuraviy immunitet” deganda nimani tushunasiz?
102. “Mafkuraviy profilaktika” deganda nimani tushunasiz?
103. Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
104. Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
105. “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” deganda nimani tushunasiz?
106. Jamiyatga yot g‘oyalarga qarshi qanday kurashish lozim?
107. O‘zbekistonning davlat ramzlari bu ...?
108. “Millatlararo totuvlik” deganda nimani tushunasiz?
109. “Komil inson g‘oyasi” deganda nimani tushunasiz?
110. Temuriylar Renessansi davri qachon bo‘lgan va bu davrda kimlar ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan?
111. Missionerlar kimlar va ularning asosiy maqsadi nimadan iborat?
112. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi nima?
113. Mafkuraviy profilaktika nima?
114. Radikalizm nima?
Izoh: Talabgorlarga komissiya tomonidan bundan tashqari qo‘shimcha savollar ham berilishi mumkin.