Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi
11.04.2026 10:16:54 3
Hukumat qarori (160-son, 09.04.2026-y.) bilan “Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi
🚪Hukumat qarori (160-son, 09.04.2026-y.) bilan “Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
💬 Ushbu Nizom intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini taqdirlash tartibini belgilaydi.
🗒 Nizomga ko‘ra, tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
🟢 “Eng yaxshi ixtiro”;
🟢 “Eng yaxshi foydali model”;
🟢 “Eng yaxshi sanoat namunasi”;
🟢 “Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi”;
🟢 “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”.
🔊 Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
🚪1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
➡️ 2-bosqich – respublika miqyosida.
➡️Tashkilotchi har yili 1-mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi hamda o‘z rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlovni e’lon qiladi.
📌 Tanlovning 2-bosqichi g‘olib va sovrindorlari BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
➡️ 1-o‘rin egalariga – 150 baravari;
➡️ 2-o‘rin egalariga – 125 baravari;
➡️ 3-o‘rin egalariga – 100 baravari.