English English English

Talabalar turar joyida samimiy suhbat

  16.04.2026 10:51:06    4


Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani T.Abdullayev talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning holidan xabar oldi.


Talabalar turar joyida samimiy suhbat


Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy suhbat qurilib, ularning yashash sharoiti, kayfiyati, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani haqida fikr almashildi. Talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, mazmunli vaqt o‘tkazish, kitob mutolaasi, sport va intellektual mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar ishtirokida shaxmat-shashka o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi. Bu esa yotoqxonadagi samimiy muhitni yanada ko‘tarib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Talabalar turar joyida samimiy suhbat Talabalar turar joyida samimiy suhbat Talabalar turar joyida samimiy suhbat