MDH miqyosidagi xalqaro ilmiy-amaliy tanlovda “FAOL TADQIQOTCHI” esdalik nishoni topshirildi
02.06.2026 08:42:45 6
Kecha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Madaniyat saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, yosh olimlar va ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Jumladan, Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi hodimi Yakubbayeva E’zozxon Taxirovna ushbu tanlovda faol ishtirok etib, “FAOL TADQIQOTCHI” xalqaro esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Yakubbayeva E’zozxon Taxirovnani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda uning kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.