So‘z qudrati va muammo talqini: Derjavin ijodiga nazar
05.03.2026 12:15:03 545
Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Pardaboyeva tomonidan 60110800 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti yo‘nalishi K.RUA-AR-24 guruhida “Проблематика и выразительные средства од Г. R. Державина” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dars jarayonida talabalar G. R. Derjavinning hayoti va ijodi, uning odalarida aks etgan asosiy g‘oyalar, muammolar hamda badiiy-ifoda vositalari bilan yaqindan tanishdilar. Mashg‘ulot davomida berilgan savollarga talabalar noan’anaviy va ijodiy yondashuv asosida javob berib, faol bahs-munozaralarda ishtirok etdilar.
Mazkur ochiq dars mashg‘ulotida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R. Isoqov, fan o‘qituvchilari R. Xayridinnova va S. Saidisaqovlar ishtirok etdilar. Dars mazmunan boy, samarali va yuqori saviyada tashkil etildi