English English English

Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi marralar!

  02.11.2025 23:04:13    6


O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari institutida yirik miqyosdagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani — “Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishdagi innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi marralar!


Mazkur ilmiy tadbirda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari hamda sport sohasi vakillari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi — Olimpiya va paralimpiya sport turlarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish va sohada mavjud muammolar uchun samarali yechimlar topishdan iborat edi.

Ushbu nufuzli anjumanda Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi Sardorbek Toxirov o‘zining ilmiy izlanishlari natijalari asosida tayyorlagan ma’ruzasi bilan faol ishtirok etdi. Uning taqdimoti sport mashg‘ulotlarida innovatsion yondashuvlardan foydalanish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish va sportchilarning psixologik tayyorgarligini mustahkamlashga oid ilmiy g‘oyalar bilan boyitilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Natijada Sardorbek Toxirov tadbir yakunida “Innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Uning ilmiy rahbari — Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Hamidullo Jurahonov tadqiqotchining izlanishlariga doimo ilmiy yo‘l-yo‘riq berib, uni yangi ilmiy marralar sari ruhlantirib kelmoqda.


Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi marralar! Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi marralar! Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi marralar! Ilm va innovatsiya yo‘lida yangi marralar!