Hamkorlik — ta’lim sifatini yuksaltirish garovi
07.11.2025 23:54:21 8
Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan o‘quv-ilmiy metodik markazda kafedra professor-o‘qituvchilari M.Eshnazarova va Sh.Xudayqulov ishtirokida maktab o‘qituvchilari uchun amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarning asosiy maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy salohiyatini oshirish, dual ta’lim konsepsiyasi doirasida “4+2” modeli asosida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish, hamda maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-metodik hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga joriy etish va ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘nalishida fikr almashildi.
Bunday hamkorlik loyihalari ta’lim tizimida yangicha yondashuvlarni shakllantirib, ustozlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.