INTERAKTIV DARS MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI
28.11.2025 11:51:21 6
Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Xasanboyev Azizbek boshchiligida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida navbatdagi interaktiv dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot “Inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika” fanidan shifoxonada uzoq muddat davolanuvchi bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash mavzusida tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarning faolligini oshirish, mavzuni chuqurroq anglash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida turli xil tarqatmali savollar, ko‘rgazmali qurollar hamda metodik o‘yinlardan samarali foydalanildi.
Mazkur mashg‘ulot metodik va didaktik jihatdan boy, qiziqarli va talabalarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladigan tarzda o‘tkazildi.