Namangan davlat universitetida yirik xalqaro forum boshlandi
22.05.2025 09:05:57 3
Bugun Namangan davlat universitetida muhim xalqaro tadbir — O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlari konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur anjuman ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.