English English English

“TALABAEXPO-2025” NAMANGANDA!

  06.08.2025 08:26:38    9


2025-yil 7-avgust kuni Namanganda keng miqyosdagi kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida oʻtkazilayotgan “TalabaExpo-2025” koʻrgazmasi bitiruvchi talabalar ishga joylashishi uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi!


“TALABAEXPO-2025” NAMANGANDA!


Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:

“Talaba – kelajak” muloqotlari;
Seminar va treninglar;
Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
Imtiyozli kreditlar boʻyicha maslahatlar;
Madaniy shou va musiqiy dasturlar.

Tashkilotchilar:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
“Oʻzmilliybank” AJ;
Savdo-sanoat palatasi;
Namangan viloyati hokimligi.

Namangan viloyatidagi oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari, boshqa hududlarda tahsil olayotgan namanganlik yoshlar, shuningdek, talabalar, abituriyentlar, barchangizni ushbu koʻrgazmaga taklif etamiz!

Manzil: Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi.

Muddati: soat 8:00 dan 19:00 gacha.

Koʻrgazmaga marhamat!