NamDPI Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar bilan ochiq muloqot
21.09.2025 08:27:29 20
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda “Odob-axloq kodeksi” hamda “Ichki tartib qoidalari”ning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Talabalar belgilangan kiyim rusumiga rioya qilish, muomala madaniyatini shakllantirish, institut ichki tartib-intizom qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, yoshlarning salbiy tashqi muhit illatlaridan himoyalanishi va ularga qarshi kurashish masalalarida ham foydali maslahatlar berildi.