NamDPI — olimlarni birlashtirgan maydon
18.05.2025 09:28:06 3
Namangan davlat pedagogika instituti hamda "Axsikent" xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasi hamkorligida "Tarixiy shaxs va tarixiy makon: Bobur va Axsikent uygʻunligi nomli ilmiy-marifiy tadbiri doirasida Tibbiyot, tabobat va tarix fanlari doktori, professor, "Axsikent" Xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasi raisi Mirsaydullayev Mirmahmud Mirshohidovichning "Axsikent tarixi" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut rektori B.Xusanov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, adib va tarjimon, NamDPI faxriy professori R.Ummatov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyati boʻlimi rahbari M. Appaqov hamda institutning bir guruh tarixchilari, magistrantlar ishtirok etishdi.
Mirmahmud Mirsaydullayev oʻz maʼruzasida Axsikent yodgorligi haqida koʻpchilikka ochiq boʻlmagan maʼlumotlar, shuningdek, yodgorlik bilan bogʻliq shaxslar, buyuk shoh va shoh va shoir Zahiriddin Muxammad Boburning Axsikent bilan bogʻliq xotiralari haqida bayon qildi.
Bobur Axsikentdami yoki Andijonda tugilganmi? kabi yechimi koʻpchilikni qiynayotgan savollarga ilm kishilari, olimlar, professor-oʼqituvchilar tomonidan javob berildi.
Ushbu anjumanda institutning tarix oʻqituvchilari, shu yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalari ham oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, M.Mirsaydullayevning sovgʻasi — kitoblariga ega boʻlishdi.
Tarixchi Axsikent yodgorliklari va shu mavzu doirasida oʻrganilmagan ishlar koʻp ekanligini taʼkidlab, magistr, doktarantlarga ilmiy ish qilishlarini tavsiya qildi hamda oʻzining bir qator kitoblarini Axborot resurs markaziga hadya qildi.