AQShning Fullbright dasturi
28.02.2026 15:44:19 10
Hozirda Namangan davlat pedagogika institutiga (Namangan, O‘zbekiston) AQShning Fullbright dasturi doirasida amerikalik mutaxassis Berghuis Kevin William Chutter jalb qilingan bo‘lib, u institut talablariga ingliz tili fanidan darslar olib bormoqda.
Fullbright dasturi — bu AQSh hukumati tomonidan xalqaro ta’lim, ilmiy tadqiqot va madaniy almashinuvni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nufuzli xalqaro dastur bo‘lib, unda qatnashuvchi mutaxassislar o‘z bilim va tajribalarini xorijiy mamlakatlardagi talabalar bilan bo‘lishadilar.
Institutdagi faoliyati davomida Berghuis Kevin William Chutter talabalarga ingliz tilini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish bilan birga, zamonaviy pedagogik metodlarni tatbiq etish, interaktiv dars uslublarini qo‘llash va talabalar til ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, u institutning ingliz tili kafedrasi pedagoglari bilan hamkorlikda ilmiy-metodik tajriba almashish ishlarini olib bormoqda.
Mazkur tashabbus Namangan davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish strategiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. U institut talabalariga xorijiy tilni amaliy jihatdan o‘rganish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, ta’lim jarayonini zamonaviy standartlar asosida boyitishga xizmat qiladi.