English English English

INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi

  14.10.2025 10:47:16    16


Namangan davlat pedagogika institutida “INNOWOMEN WEEK – 2025: Ayollar innovatsiya maydonida” haftaligi doirasidagi navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.


INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi


Mazkur nufuzli tadbir oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, olima ayollar hamda lider xotin-qizlarning ma’ruzalari bilan boyitildi.

Seminarning ochilish qismi Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov va Namangan viloyati Adliya boshqarmasining bosh mutaxassisi Z.Ahmadjanova tomonidan olib borildi. Ular o‘z chiqishlarida ayollarni ilm-fan, innovatsiya va ijtimoiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashning dolzarb ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy ta’lim va innovatsion jarayonlarga faol jalb etish, shuningdek, liderlik fazilatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Seminarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar seminar so’ngida sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Mazkur o‘quv-seminar “INNOWOMEN WEEK – 2025” haftaligining mazmunini yanada boyitib, ayollar ilm-fan va innovatsiya sohasidagi o‘rnini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.


INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi INNOWOMEN WEEK – 2025 doirasidagi forum o‘quv-seminari bilan davom etdi