Rus adabiyoti ummoniga sayohat
19.12.2024 09:25:53 37
Namangan davlat pedagogika instituti O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta-o'qituvchisi Dilfuza Pardaboyeva tomonidan
3-bosqich O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabalariga "Rus adabiyoti tarixi" fanidan innovatsion dars mashg’uloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R. Tillayeva, dotsent Sh.Ubaydullayev va fan o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Dars jarayonida talabalar M.Gorkiyning "Старуха Изергиль" hikoyasini sahnalashtirib, o‘z tengdoshlariga namoyish etdilar.
Bu sahna ko‘rinishi barchada katta taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga, talabalarning ta’limiy muloqot ko’nikmalari boyitildi.