Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi
09.10.2025 09:38:06 9
Namangan davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori hamda tyutorlari tomonidan kuz-qish mavsumi oldidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, isitish tizimlarining tayyorligi, gigiyena va tozalik qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, xavfsizlik talablari hamda o‘quv jarayoniga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Suhbatlar davomida talabalar bilan ijtimoiy-madaniy muhit, o‘quv intizomi, sog‘lom turmush tarziga oid mavzularda fikr almashildi, ularning taklif va muammolari tinglandi.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — talabalarning qulay yashashi, sog‘lom muhitda ta’lim olishini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishdir.