Ota-onalar bilan uchrashuv
04.10.2025 11:12:11 9
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida “Ota-onalar majlisi” tashkil etildi. Majlisda fakultet dekani S.Mutalov ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – “institut — ota-ona” tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ota-onalarni oliygohning ichki tartib-qoidalari, talabalarning davomat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, grant va kontrakt qayta taqsimoti hamda talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.