Ilmiy tadqiqot faoliyati boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.
29.05.2025 10:18:25 25
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari uchun ilmiy tadqiqot faoliyati boʻyicha seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Treningda, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi R.Tursunov, dekan o'rinbosari S.Dadaboyev, ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi D.Mahkamov, fakultet tyutorlari B.Ergashev, M.Boytillayev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida talabalar uchun ilmiy maqola va tezis yozish tartib-qoidalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalari nizomi, Yil talabasi, Mirzo Ulug'bek vorislari tanlovlarida ishtirok etish shartlari bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berildi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.