NamDPIda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi
06.06.2025 14:34:37 6
Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning faolligini ragʻbatlantirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Muloqotda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev, Talabalar orasida ijtimoiy maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayev, boʻlim boshliqlari, tyutorlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida rektor maslahatchisi tomonidan talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, ularning ongiga sogʻlom fikr va yuksak maʼnaviy qadriyatlarni singdirish, salbiy oqimlarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talaba-yoshlar oʻrtasida doimiy muloqot va monitoring olib borish zarurligini taʼkidlab, bu borada taʼtil davomida ham jamoa va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash muhimligini qayd etdi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularga tezkor yechim topish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish borasida takliflar bildirildi.
Yigʻilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator taklif va mulohazalar ilgari surildi.