English English English

Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam

  05.03.2026 11:34:50    547


Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi tashabbusi bilan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Adabiyot” fanidan 10-sinf o'quvchilari uchun mahorat darsi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur mahorat darsi oliy ta’lim va ijod maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘quvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda adabiy tahlil ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratildi.


Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam


Mahorat darsi davomida "Yevgeniy Onegin" asari tahlil qilindi. Asarning yaratilish tarixi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, kompozitsion qurilishi, obrazlar tizimi hamda muallifning o‘ziga xos uslubi ilmiy-nazariy asosda yoritib berildi. Qahramonlar xarakteri, ularning ruhiy kechinmalari va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Interaktiv savol-javoblar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi rag‘batlantirildi.

Ochiq darsda Filologiya kafedrasi mudiri R. Tillayeva, kafedra dotsenti M. Payziboyeva hamda kafedra o‘qituvchilari A. Toshpo‘latov va B. Tojiboyevlar faol ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Ular tomonidan asarni zamonaviy adabiyotshunoslik yondashuvlari asosida talqin qilish, matn ustida ishlash metodikasi va tahlil usullari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur mahorat darsi yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularda estetik didni shakllantirish hamda filologiya yo‘nalishiga qiziqishni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday hamkorlik loyihalari kelgusida ham izchil davom ettirilib, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.


Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam Ijod maktablari bilan hamkorlik – sifat va samaradorlik sari yangi qadam