TALABALAR BILAN MA'RIFIY UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
01.04.2026 17:14:03 6
Namangan davlat pedagogika institutida "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash" va "Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi - taraqqiyot poydevori" mavzularida ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Namangan viloyati terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi mas’ul xodimi S.Xojimirzayev, Namangan davlat pedagogika instituti rektor maslahatchisi M.Xodjayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijanov hamda institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning ongini turli yot g‘oyalardan asrash, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari keng yoritib berildi. Shuningdek, terrorizm va ekstremizmning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi haqida hayotiy misollar orqali tushuntirishlar berildi.