English English English

ILMGA BAXSHIDA UMR

  17.06.2025 10:39:11    16


Namangan davlat pedagogika institutida taniqli olima, pedagogika fanlari doktori, professor Mahbuba Sobirovaning 65 yillik yubileyiga bagʻishlab "Ilmga baxshida umr" nomli maʼnaviy seminar boʻlib oʻtdi.


ILMGA BAXSHIDA UMR


Seminarda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, professor Mahbuba Sobirovaning taʼlim sohasiga qoʻshgan boy ilmiy-maʼrifiy merosi, koʻp yillik fidokorona mehnati va yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni alohida eʼtirof etildi.

Seminar davomida yubilyar olimaga samimiy tilaklar bildirilib, institut rektorining tabriknomasi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, professorning ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi va yosh tadqiqotchilar uchun mahorat darslari tashkil etildi.


ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR ILMGA BAXSHIDA UMR