Xalqaro tajriba professor-o’qituvchilarga yangi g’oyalarni taqdim etsa, talaba uchun xorijlik mutahassis ishtirokidagi mashg’ulot motivatsiya manbaasi hamdir
13.10.2025 10:38:05 9
Shu ma’noda Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasiga Rossiyalik olimlarning tashrifi yoddaqolarli ilmiy voqea bo’ldi.
Dastlab magistratura bosqichi hamda bakalavr yo’nalishlari talabalari uchun Rossiya Fanlar Akademiyasi professori E.A. Dergachova NamDPI dotsenti E.Abdulvohidov bilan binar mashg’ulot o’tkazdilar. Ilmiy ma’ruzalar va amaliy darslar jarayonida magistrant va talabalar xorijiy tillarni o’rganish va o’qitishdagi yangi texnologiyalarni o’zlashtirdilar.
Pushkin nomidagi Moskva davlat instituti o’qituvchisi K.E. Rodionova esa bakalavr bosqichi talabalari uchun mahorat sabog’i olib bordi. Unda til o’rganishda elektron manbaalardan samarali foydalanish haqida so’z bordi.
Rossiyalik olimlar NamDPIda xorijiy tillarni o’qitish uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan Rus tili markazi, Kelajak o’qituvchisi markazlari faoliyatiga katta qiziqish bildirdilar.