Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog-trenerlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursiga start berildi.
14.10.2025 10:45:27 11
Islom taraqqiyot banki (IsDB), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida pedagog-trenerlarni tayyorlash kursi tashkil etildi.
Mazkur kursning asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimida uchrayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etishda tarbiyachilarning rolini kuchaytirish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va trenerlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Quvonarlisi, ushbu o‘quv kursida Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi Shaxnozaxon Abdukarimova ham ishtirok etmoqda.
Kurs joriy yilning 13–17-oktyabr kunlari davom etadi. Unda respublikamizning 12 ta hududiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Mazkur tashabbus maktabgacha ta’lim sifatini oshirish hamda malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.