Yoshlar hayotidan xabardorlik — e’tibor markazida
07.10.2025 09:14:42 1
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Alisher Isoqboyev, Pedagogika fakulteti dekani Z.Abdullayev hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan o’rinbosari O.Ergashev talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolari va ehtiyojlarini joyida tinglash maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida prorektor Namangan shahar “Obi hayot” MFY, Ibrat ko‘chasi 11/9-uy, 52-xonadonda istiqomat qilayotgan Pedagogika fakulteti talabalari hamda
“Bobirshox” MFY, Shoximardon ko‘chasi 37-uyda yashayotgan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik va tozalik qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari o‘rganildi va ularning taklif va fikrlari tinglanib, zarur tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni doimiy e’tiborda saqlash hamda institutda yaratilgan ijobiy ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.