Yangi sharoitlar sari xayrli qadam!
21.08.2025 09:28:17 7
Namangan davlat pedagogika instituti binolarining birida amalga oshiriladigan rekonstruksiya ishlari oldidan, qadriyatlarimizga xos tarzda xayrli ishlar boshlandi.
Qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan institutda qurbonlik qilinib, ehsonlik amallar bajarildi, Qur’on tilovat qilindi. Marosimda ilm ahllari, institut rahbariyati va xodimlar ishtirok etdilar.

Mazkur xayrli ishlar rekonstruksiya jarayonining barakali bo‘lishi, ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda institut faoliyatiga yanada samarali sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Namangan davlat pedagogika instituti bundan buyon ham ta’lim sifati va talabalarning qulay o‘qish sharoitlarini yaxshilash yo‘lida izchil islohotlarni davom ettiradi.