English English English

3-MAY – JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI

  03.05.2025 10:36:24    11


Bugun – 3 may. Bu sana Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may sanasini "Xalqaro matbuot erkinligi kuni" deb e'lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.


3-MAY – JAHON MATBUOTI ERKINLIGI KUNI


Bundan ko‘zlangan maqsad — axborot erkinligi tamoyillarini ilgari surish, sayyoramizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy yoritib, inson huquq va manfaatlarini ta'minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan behalovat kasb egalari – jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlarga 3-may —Jahon Matbuoti erkinligi kuni muborak bo‘lsin!