English English English

“Ohanglar jilosi” Respublika yosh ijrochilar tanlovida talabalarmiz muvaffaqiyatga erishdi!

  18.11.2025 08:05:23    4


Toshkent shahrida yurtimiz bo‘ylab iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlagan “Ohanglar jilosi” Respublika yosh ijrochilar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musiqiy anjumanda mamlakatning turli hududlaridan 1000 dan ortiq yosh ijrochilar qatnashdi.


“Ohanglar jilosi” Respublika yosh ijrochilar tanlovida talabalarmiz muvaffaqiyatga erishdi!


Namangan davlat pedagogika instituti musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari ham mazkur tanlovda turli cholg‘u yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etib, o‘zlarining mahorati, sahnaviy madaniyati va ijrochilik salohiyati bilan e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalarimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1️⃣ Sharifova Gulnoza — Mus BU-24
➡️ 1-o‘rin (Dutor yo‘nalishi)

2️⃣ Valijonova Madinabonu — Mus AU-24
➡️ 2-o‘rin (Dutor yo‘nalishi)

3️⃣ Yoqubjonov Akbar — Mus CU-24
➡️ 3-o‘rin (G‘ijjak yo‘nalishi)

Ushbu natijalar — ustozlarimizning fidokorona mehnati va talabalarning tinimsiz izlanishlarining amaliy samarasidir.