O‘quv yilining eng ilg‘or pedagogi
27.08.2025 12:14:11 19
2024/2025 o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning belgilangan mezonlariga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, o‘quv-uslubiy, ilmiy-innovatsion hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda institutimiz strategik rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shgan bir qator fidoyi ustozlar “Yilning eng ilg‘or pedagogi” unvoniga sazovor bo‘ldilar.

Ular O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu yuksak e’tirof nafaqat ularning mehnatini qadrlash, balki kelgusi faoliyatlarida yanada katta marralarni zabt etishlariga mustahkam turtki bo‘ldi.
Bugungi taqdirlash marosimi — ustozlarimizning tinimsiz mehnati, fidoyiligi va kelajak avlod tarbiyasidagi ulkan xizmatlariga bo‘lgan yuksak ehtirom ifodasidir. Ilmiy izlanishlar, yangicha yondashuvlar, innovatsion g‘oyalar bilan ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘lida ter to‘kayotgan bunday pedagoglar institutimiz faxri sanaladi.
Ularning tajriba va mehnati ertangi kunimiz uchun poydevor, kelajak avlod tarbiyasida esa ishonchli yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois bugungi e’tirof — ertangi yutuqlarning garovi, kelajak g‘alabalarning boshlanishidir.