NamDPIda vakant lavozimlarga tanlov oʻtkazildi!
20.09.2025 08:25:10 10
Namangan davlat pedagogika institutida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilar tarkibini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish maqsadida bo‘sh vakant lavozimlari uchun tanlov tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzodlardan kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat, zamonaviy ta’lim yondashuvlari va innovatsion g‘oyalarga ega bo‘lish talab etiladi. Jarayon davomida institutning maxsus komissiya aʼzolari tomonidan suhbat o‘tkazilib, eng munosib nomzodlar saralab olindi.
Mazkur tanlov institut jamoasiga fidoyi, tashabbuskor va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi kadrlarni jalb etishga xizmat qiladi. Shuningdek, tanlov natijalari ta’lim sifati va ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga, talabalar uchun qulay va samarali o‘quv jarayonini yaratishga zamin bo‘ladi.