English English English

“Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi

  08.10.2025 09:31:06    16


Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, B.Qayumov hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi psixologi D.Jo‘rayeva hamkorligida maktab o‘quvchilari uchun “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik uchrashuv o‘tkazildi.


“Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi


Trening davomida o‘quvchilarda diqqatni jamlash, e’tibor resurslarini boshqarish, charchoqni yengish va o‘qishga motivatsiyani oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbir kognitiv terapiya va harakat terapiyasi elementlariga asoslangan interfaol usullarda olib borildi.

Uchrashuv jarayonida o‘quvchilar diqqatni boshqarishning samarali yo‘llari bilan tanishdilar, o‘zlarining kuchli tomonlarini aniqlash hamda o‘qish jarayonida diqqatning ahamiyatini anglab yetishdi. Trening yakunida ishtirokchilarga sog‘lom fikrlash, hissiy muvozanatni saqlash va o‘zini boshqarish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar o‘quvchilar psixologik salomatligini mustahkamlash va ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


“Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi “Ta’limda diqqatning ahamiyati” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi