English English English

NAMDPI TALABASI “O‘ZBEKISTON BELGISI” KO‘KRAK NISHONI SOHIBASI BO‘LDI!

  28.02.2026 10:36:47    9


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan bir guruh faol va tashabbuskor yoshlar taqdirlandi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak mukofot sohiblari orasida Namangan viloyati vakili — Namangan davlat pedagogika instituti talabasi ham bor.


NAMDPI TALABASI “O‘ZBEKISTON BELGISI” KO‘KRAK NISHONI SOHIBASI BO‘LDI!


Begoyim Varisova — Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi, fakultet yoshlar yetakchisi bo‘lib, u yoshlar bilan ishlashdagi faolligi, ijtimoiy-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy loyihalardagi tashabbuslari, jamoat ishlaridagi mas’uliyati hamda yetakchilik salohiyati bilan alohida ajralib turadi.

Uning ushbu yo‘nalishlardagi samarali faoliyati davlat tomonidan munosib e’tirof etilib, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofot sohibasini samimiy muborakbod etamiz! Begoyim Varisovaga kelgusidagi faoliyatida mustahkam sog‘liq, yangi zafarlar va Vatan ravnaqi yo‘lida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.


NAMDPI TALABASI “O‘ZBEKISTON BELGISI” KO‘KRAK NISHONI SOHIBASI BO‘LDI! NAMDPI TALABASI “O‘ZBEKISTON BELGISI” KO‘KRAK NISHONI SOHIBASI BO‘LDI! NAMDPI TALABASI “O‘ZBEKISTON BELGISI” KO‘KRAK NISHONI SOHIBASI BO‘LDI!